Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qohirada samolyotni portlatish bilan tahdid qilgan yo‘lovchi hibsga olindi
Misr politsiyasi Qohira xalqaro aeroportida samolyotni portlatish bilan tahdid qilgan yo‘lovchini hibsga oldi. Bu haqda aeroport ma'muriyati ma'lum qildi.
Erkak aeroportga Saudiya Arabistonining Jidda shahridan kelgan va bomba portlatishi bilan parvoz vaqtidayoq tahdid qila boshlagan. Saudiya Arabistonining Flynas aviakompaniyasi samolyoti sardori ehtimoliy terrorchi haqida yerdagi xizmatlarni ogohlantirgan. Shu sababli aeroportning xavfsizlik xizmati yuqori tayyorgarlik holatiga keltirilgan, politsiya yetib kelgan.
Hibsga olingan yo‘lovchi 61 yoshli misrlik bo‘lib chiqqan. Uning yonida na portlovchi modda, na qurol aniqlanmagan. "Terrorchi" so‘roq vaqtida samolyotni nima uchun portlatish bilan tahdid qilganini tushuntirib bera olmagan. Hukumat uni psixiatrik ekspertizaga yubormoqchi emas, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Erkak qandaydir talab qo‘ygani va samolyotda necha nafar yo‘lovchi bo‘lgani haqida ma'lumotlar berilmagan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
12:44 / 03.05.2026
Toshkent metrosida yo‘lovchi poyezd yo‘liga tushib ketdi
18:30 / 28.04.2026