Jamiyat | 15:55 / 10.05.2017
8856
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida daromadi past fuqarolarga nafaqa beriladi

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni hukumati 2017 yil iyulidan boshlab o‘rta va kam daromadli fuqarolariga o‘zlarining moliyaviy ahvollarini yaxshilab olishlari uchun nafaqa berishni boshlaydi. Saudiya podshohligi iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri o‘rinbosari Muhammad al Tuvayjri Bloomberg agentligiga bergan intervyusida shu haqda so‘z yuritgan. 

"Fuqaro hisobi — subsidiyalar qisqartirilishi va boshqa qat'iy tejash choralari sababli kam va o‘rta daromadli saudiyaliklarga naqd pul to‘lash dasturi rejaga muvofiq iyul oyidan to‘lovlarni boshlaydi", — deb qayd etgan vazir. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 11 milliondan ortiq kishi moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan, biroq hukumat ularning qancha miqdori yordam olish uchun haqli ekanini muhokama qilishda davom etmoqda. 

Bunda avvalroq, merosxo‘r shahzoda o‘rinbosari bo‘lgan shahzoda mahalliy televideniyega bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonining 10 mlnga yaqin aholisi moddiy yordamga muhtojdir. 

Shu bilan birga, hukumat mamlakat aholisining qancha qismiga subsidiyalarni bekor qilish, qanchasiga davom ettirish masalasini o‘rganmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid