Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp IShIDga qarshi suriyalik kurdlarni qurollantiradi
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada IShID terrorchilik guruhiga qarshi jang olib borayotgan kurd qurollangan bo‘linmalarini qurol bilan ta'minlash haqidagi rejani tasdiqladi, deb xabar beradi Pentagon matbuot xizmati.
«Kecha prezident mudofaa vazirligiga «Suriya demokratik kuchlari»ning kurd unsurlarini IShID ustidan Raqqada g‘olib chiqishini kafolatlashi uchun yetarli barcha narsa bilan ta'minlash borasida vakolat berdi», — deyiladi xabarda.
Ayni paytda asosni kurdlar tashkil etuvchi «Suriya demokratik kuchlari» IShIDning Suriyadagi poytaxti — Raqqani qurshab olish uchun operatsiya o‘tkazmoqda. Kechagi kungacha AQSh va uning ittifoqchilari bu kuchlarni aviatsiya yordamida qo‘llab turgan va razvedka hamda harbiy tayyorgarlik borasida yordam berib turgan.
Kurdlarga qurol yetkazilishi ehtimoli Turkiyaning qattiq noroziligini keltirib chiqardi, ularning fikricha, bu kurd bo‘linmalari «Kurdiston ishchi partiyasi» bilan mustahkam aloqada. Bu tashkilot Anqara va Vashington tomonidan terrorchilik tashkiloti, deb tan olingan.
«Biz Turkiyaning AQShning bu harakatlari oqibatida tashvishlanayotganini juda yaxshi tushunib turibmiz. Biz bu qurol-yarog‘larni muayyan harbiy maqsadga erish uchun bermoqchimiz. Biz Raqqani egallash uchun yetarli bo‘lgan ma'lum miqdordagi qurollarnigina yetkazamiz», — degan Pentagon matbuot xizmati vakili.
AQShning hisob-kitobiga ko‘ra, kurd harbiy bo‘linmalari Suriyaning Raqqa shahrini IShID terrorchi jangarilaridan ozod etib bo‘lganidan so‘ng, shaharni boshqarishni mahalliy arab aholisiga topshiradi, degan Pentagondagilar RIA Novosti’ga.
«Biz «Suriya demokratik kuchlari»ning kurd unsurlari shahar ozod etilgach, Raqqani tashlab chiqishadi, deb hisoblaymiz. Shaharni mahalliy aholining aksariyat qismi bo‘lmish suriyalik arablar boshqaradi, deb kutmoqdamiz», — dedi Pentagon vakili.
Uning eslatishicha, AQSh ayni paytda kurd bo‘linmalarini «shaharni egallash va IShIDni yo‘q qilishga qodir yagona kuch» sifatida ko‘rmoqda.
«O‘zlarini IShID deb atovchi jinoiy to‘dani yo‘q qilish — asosiy vazifamiz», — degan RIA Novosti suhbatdoshi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026