Jahon | 17:30 / 10.05.2017
9539
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Trampning suriyalik kurdlarni qurollantirish bo‘yicha qaroriga munosabat bildirdi

Foto: News Front

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lining ma'lum qilishicha, Suriyadagi o‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari (YPG) vakili bo‘lgan, qo‘lida qurol tutgan har bir kurd Turkiya uchun tahdid hisoblanadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Shu tariqa u Oq uyning Suriyada IShID terrorchilik guruhiga qarshi jang olib borayotgan kurd bo‘linmalarini qurol bilan ta'minlash haqidagi rejasiga munosabat bildirdi.

Chovusho‘g‘li YPG terrorchilik tashkiloti ekani, bu tashkilot «Kurdiston ishchilar partiyasi» kabi Turkiya uchun xavf manbai ekani, bu esa AQShga ma'lum ekani haqida gapirgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu masalani Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda ma'lum qilmoqchi.

9 may kuni Tramp IShIDga qarshi suriyalik kurdlarni qurollantirishi haqida ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid