Turkiya harbiy-havo kuçlari Iroq va Suriya şimolidagi Kurdiston işçi partiyasi (KIP) obektlariga zarbalar berdi. Bu haqda 24 oktyabr, payşanbaga ötar keçasi Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Turkiya mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, aviazarbalar natijasida terrorçilarga tegişli jami 32 ta nişon «muvaffaqiyatli yöq qilingan». Mudofaa vazirligi qaysi nişonlarga zarba berilganiga aniqlik kiritmadi. Bayonotda tinç aholiga zarar yetkazmaslik uçun «barça çora» körilgani bildirildi. Qayd etilişiça, havo operatsiyalari davom etmoqda.
Anqara yaqinidagi mudofaa şirkati hududida terakt sodir etildi
Turkiya harbiy-havo kuçlarining zarbalari Anqara viloyatidagi Turkish Aerospace Industries (TAI, TUSAS) mudofaa sanoat kompaniyasi obektlarida terakt sodir etilganidan bir neça soat ötib amalga oşirildi. Oxirgi ma’lumotlarga köra, terakt oqibatida beş kişi halok bölgan, yana 22 kişi jarohatlangan. Bundan taşqari, ikki hujumçi öldirilgan.
Turkiya içki işlar vaziri Ali Yerlikayaning aytişiça, hujumga Kurdiston işçi partiyasining aloqadorligi taxmin qilinmoqda. Turkiya mudofaa vaziri Yaşar Guler ham KIPning iştiroki haqiqatga yaqin ekanini ma’lum qildi.








