Tartibsizliklar iştirokçilari köçalarda maşinalarni ağdarişgan, bir qança maşinalar yoqib yuborilgan. Namoyişçilar politsiyaçilarga toş va boşqa buyumlar uloqtirişgan, huquq-tartibot organlari xodimlari ularga közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllaşiga töğri kelgan.

Fransiyadagi kurdlar jamiyatining yuzlab vakillari uç nafar kurd öldirilişidan darğazab bölib, şanba kuni Parij markazidagi Respublika maydonida yiğilişdi. Avvaliga norozilik aksiyasi iştirokçilari irqiy nafrat sabab sodir etilgan qotillikni qoralab çiqiş qilişni rejalaştirişgandi. Biroq norozilik aksiyasi tezda tartibsizliklarga aylanib ketdi.

Kurdlarning madaniy markazidagi otişma uşbu diaspora vakillarining keskin noroziligini keltirib çiqardi. Foto: EPA

Bir kun oldin kurdlar jamiyati vakillarining röy bergan hodisa böyiça e’tirozini bildirişga urinişi ham politsiyaçilar bilan töqnaşuvlarga aylanib ketgandi. Namoyişçilar çiqindi konteynerlari va restoran stollaridan barrikadalar örnatişgan. Töqnaşuvlar vaqtida politsiyaçilar közdan yoş sizdiruvçi gaz qöllagan, namoyişçilar ularni toşböron qilişgan.

Foto: EPA

Avvalroq Fransiyadagi Kurd demokratik markazi uşbu hujumni qoralab çiqqandi. Markaz vakili Fransiya hukumati mamlakatda yaşovçi kurdlarni «himoya qila olmagani»ni aytgandi.

Juma kuni kurd madaniy markazi hamda kurd milliy taomlari tayyorlanadigan restoran joylaşgan bino atrofida bir ayol va ikki erkak öldirilgandi. Keyinroq ma’lum bölişiça, qurbonlarning barçasi kurd bölgan.

Yana uç kişi yaralangan. Bu odamlar Parijda yaşovçi 69 yoşli şaxs tomonidan öqqa tutilgan. U hujumdan köp ötmay qölga olingan. Qölga oliş çoğida politsiyaçilarga qarşilik körsatmagan va ular uning qurolini olib qöyişgan.

Namoyişçilar maşinalarni ağdarib taşlaşgan. Foto: Getty Images

Fransiya poytaxti politsiyasining taxmin qilişiça, hujumning asosiy motivi irqiy nafrat bölgan bölişi mumkin. Hujum qilgan şaxs yaqinda qamoqdan çiqqandi, u ötgan yili qoçqinlar markaziga hujum qilganlik uçun jazoni ötagan. U özini «xorijliklardan nafratlanuvçi irqçi» deb atagan.