Sport | 10:10 / 10.05.2017
7124
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» o‘z rekordini takrorladi

Foto: Juventus.com

«Yuventus» Yevropa chempionlar ligasining 1/2 final javob uchrashuvida «Monako» ustidan g‘alaba (2:1, dastlabki uchrashuv – 2:0) qozondi.

Natijada Turin klubi YeChL doirasida ketma-ket 12 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz (9 g‘alaba, 3 durang) seriyani o‘tkazdi va o‘zi o‘rnatgan rekord natijani takrorladi.

«Yuventus» so‘nggi marta YeChLda 2016 yilning 16 martida 1/8 finalning «Bavariya»ga qarshi uchrashuvida (2:4) mag‘lubiyatga uchragandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid