Jamiyat | 15:31 / 11.05.2017
30223
1 daqiqa o‘qiladi
4 yoshli qizaloq sevgilisini izlab, uyidan chiqib ketdi
Fransiyaning Sent-Eten shahrida qiziq voqea yuz berdi. Buvisi va buvasi bilan yashaydigan 4 yoshli qizaloq yarim tunda uyidan chiqib ketgan.
Uni ertalab soat 7da tungi klubdan qaytayotgan qizlar ko‘rib qolishgan va politsiya idorasiga olib borishgan. Undan qayerga ketayotganini so‘rashganda bir necha kilometr uzoqlikda turadigan sevgilisini izlab ketayotganini aytgan.
VFM telekanalida aytilishicha, qizchaning sevgilisi u bilan bitta bog‘chaga borgan va qizaloq uni ertalab bog‘chada uchratgan.