Fransiya çempionatining 12-turidan örin olgan markaziy uçraşuvda «Sent-Eten» «Lion»ni qabul qildi. Mamlakatdagi eng maşhur derbi — Ron derbisida bu safar mehmonlarning qöli baland keldi.

Uçraşuvda derbiga xos ravişda boşlandi va öyin boşidayoq maydondagi muxlislarning muşakbozligi tufayli ma'lum muddat töxtab qoldi. Keyinroq davom ettirilgan öyinda esa mehmonlarning benefisi kuzatildi. Nabil Fekirning dubli, Memfis Depay, Mariano va Bertran Traore tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga jamoa uçun öta prinsipial uçraşuvda ğalaba keltirdi.

Qayd etib ötiş joiz, Fekir ikkinçi golidan keyin uni nişonlaş maqsadida «Sent-Eten» muxlislari joylaşgan tribunaga bordi va futbolkasini yeçgan holda ularga özining raqami va familiyasi tuşirilgan qismini muxlislarga köz-köz qilmoqçi böldi. Aynan öşa vaziyatda jahl otiga mingan mezbon jamoa muxlislari stadionga tuşib ketişdi va öyin bir muddat töxtab qoldi. Olomon tarqatib yuborilgaçgina, öyin davom ettirildi.

Uşbu ğalabadan keyin «Lion» hisobidagi oçkolar soni 25taga yetdi va jamoa 3-öringa kötarilib oldi. «Sent-Eten» esa 18 oçko bilan 6-poğonada qoldi.

Fransiya çempionati, 12-tur

Sent-Eten – Lion 0:5 (0:2)
Gollar: Depay (10), Fekir (25, 84), Dias (58), Traore (65).
Sent-Eten: Ryuffe, Per-Gabriel (Yanko, 67), Teofil-Katrin, Lakrua, Mbenge (Pogba, 46), Maiga, Pajo, Selnes, Amuma (Toft-Soderlund, 13), Bamba, Monne-Pake.
Lion: Antoni Lopeş, Tete, Marselo, Morel, Marsal (Mendi, 79), Tuzar (Ndombele, 79), Auar, Traore, Fekir (Ferri, 86), Depay, Dias.
Ogohlantirişlar: Tuzar (53), Selnes (60), Fekir (85).
Çetlatiş: Lakrua (47, Sent-Eten).