Şukrona 5 yoşidayoq dunyo davlatlari va ularning poytaxtlari nomlarini yodlagan. Öqiş va yozişni hali örganişga ulgurmagan qizaloq yangi bilimlarni köz xotirasi orqali eslab qolgan. Hozirda u 205 dan ortiq mamlakat, ularning poytaxti, bayroği, gerbi va pul birligi, şuningdek, tarixiy sanalar, adabiy asarlar hamda ularning mualliflarini yoddan aytib beradi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Şukrona xotirasini qanday mustahkamlayotgani, uning otasi esa qizaloqning qobiliyatini rivojlantiriş uçun nimalar qilayotgani haqida gapirib berdi.

Buxoro viloyati Buxoro tumanida tuğilgan Şukrona hozirda 1-sinf öquvçisi. Otasi – sudya, onasi – şifokor. U 3 yoşidan davlatlar nomi va ularning poytaxtlarini yodlay boşlagan. Öqişni ham, yozişni ham bilmaydigan qizaloq geografik atamalarni vizual tasavvurlar orqali eslab qolgan. Nomlarning talaffuzini unga onasi örgatgan.

“Qizim telefonga qaram bölib qolişining oldini oliş uçun uning qiziqişlarini foydali bilimlarni örganişga yönaltirdik. Fikrimça, bola smartfondagi turli öyin nomlarini bilganidan köra, miyasini geografik atamalar bilan töldirgani afzalroq. Farzandimizda yangi narsalarni tez ilğab oliş qobiliyati mavjudligini sezganimdan keyin kuniga bir yarim, ikki soatdan u bilan şuğullana boşladik. Kun davomida asosan onasi örgatardi, işdan qaytgandan söng men ham alohida vaqt ajratib, qizim bilan savol-javob qilardim va şu tariqa örganganlarini mustahkamlar edik”, – deydi Feruz Komiljonov.

Şukrona eşitib yodlaş osonroq ekanini ta’kidlaydi. U joy nomlaridan taşqari, davlatlar gerbi, bayroği, pul birligini ham biladi. Şuningdek, tarixiy şaxslar, ularning tuğilgan yili, mahalliy va xorijiy adabiyotlar nomi hamda mualliflarini ham yoddan aytib bera oladi.

“Har kuni onam bilan joy nomlari, tarixiy sanalarini yodlaş ustida işlaymiz. Ular yangi atamalarni töğri aytişni örgatadi, men esa içimda 10 martagaça qayta-qayta takrorlab, eslab qolaman. Yetti avlod, sayyoralar, okeanlar, dunyoning yetti möjizasini ham yoddan bilaman. Ayni kunlarda ingliz tilini örganyapman”, – deydi Şukrona.

Qizaloq otasining aytişiça, bolaning öqişga qiziqişini oşiriş uçun uni rağbatlantirib turiş kerak, kiçik sovğalar orqali qöllab-quvvatlaş iştiyoqni yanada oşirişi mumkin.

“