Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi top-menejyerlarini ma'lum qildi
Bloomberg axborot agentligi 2016 yilda eng ko‘p daromad olgan top-menejyerlar reytingini chop etdi.
Unga ko‘ra, reytingning eng yuqori pog‘onasini Jet.com stratapi asoschisi va Walmart eCommerce U.S. ijrochi direktori Mark Lor egalladi. Uning bunday natijaga erishishiga Jet.com’ni dunyodagi eng katta reteyler bo‘lgan Walmart kompaniyasiga sotishi sabab bo‘ldi.
Bloomberg hisob-kitobiga ko‘ra, Lorning 2016 yildagi daromadi 236 mln dollarni tashkil qilgan. U bu miqdordan 235 mln dollarini Jet.com’ni Walmart’ga sotishdan olgan. Bu bitim AQSh tarixida elektron tijorat bozorida startapni sotib olish bo‘yicha eng yirik bitim bo‘ldi. Lor startapni sotgach, Walmart’ning elektron tijorat bo‘limida yuqori lavozimni egalladi. Uning maoshi 346 ming dollarni tashkil qiladi.
2-o‘rinni Apple korporatsiyasi bosh direktori Tim Kuk egalladi. U bir yil ichida 150 mln dollar daromad olgan. U bu pullardan aksariyat qismi – 141 mln dollarni kompaniya aksiyalaridan olgan. Kukning 2016 yildagi maoshi esa 3 mln dollarni tashkil qilgan.
3-o‘rinni Goldman Sachs bankining sobiq vitse-prezidenti, hozirda Evercore Partners Inc. kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Jon Vaynberg egalladi. U o‘tgan yili 124 mln dollar ishlab topgan.
4-o‘rinni Google’ga egalik qiluvchi Alphabet Inc. kompaniyasi bosh direktori Sundar Pichai egalladi. Uning o‘tgan yildagi daromadi 106,5 mln dollarni tashqil kilgan. U bu summadan 650 ming dollarini gonorar, qolgan 105,4 mln dollarni aksiyalardan daromad sifatida olgan.
Eng serdaromad top-menejyerlar yuqori beshtaligini Tesla Inc. bosh direktori Ilon Mask yakunlamoqda. U 2016 yilda 99,7 mln dollar ishlab topgan. Maskning yillik maoshi 46 ming dollarni tashkil qilgan, u qolgan daromadni mukofot tarzida olgan.
Reytingdan keyingi o‘rinlarni IBM bosh direktori Jinni Rometti (96,7 mln dollar), Caesars Acquisition bosh direktori Mitch Garber (91,1 mln dollar), Viacom’ning osbiq bosh direktori Filipp Dauman (87,8 mln dollar), CBS Corporation ijrochi direktori Lesli Munvs (83,6 mln dollar) va Gamco Investors Inc. bosh direktori Mario Gabelli (75,9 mln dollar) egallagan.
Mavzuga oid
19:37 / 18.04.2025
Bloomberg O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
07:45 / 07.08.2024
Bloomberg Gershkovich haqidagi materialdan keyin muxbirni ishdan bo‘shatdi
15:16 / 17.05.2024
“Katta kompaniyalarga kirishning yaxshi yo‘li – o‘sha yerda amaliyot o‘tash” - Bloomberg va Amazon'dan taklif olgan talaba
08:43 / 03.01.2024