Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bosh vaziri va hukumati iste'foga ketdi
Fransiya prezidenti Fransua Olland Emmanuel Makronning prezidentlik vakolatlarini bajarishga kirishishi arafasida 10 may kuni mamlakat bosh vaziri Bernar Kaznev va u boshchiligidagi vazirlar mahkamasi iste'fosini qabul qildi.
Shuningdek, 10 may kuni mamlakat konstitutsiyaviy kengashi Fransiyada o‘tgan saylovlar natijalarini tasdiqladi.
"Konstitutsiyaviy kengash prezidentlik saylovlaridagi rasmiy natijalarni e'lon qilgani munosabati bilan va respublika an'anasiga ko‘ra, men o‘z iste'foim va hukumatimning iste'fosini ma'lum qilaman", deb murojaat qilgan Kaznev Ollandga.
Olland o‘z navbatida iste'foni qabul qildi. U o‘z vakolatlarini Makronga 14 may kuni topshiradi.
Mavzuga oid
08:58
Ukrainada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026