Jahon | 23:12 / 12.05.2017
7330
4 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida energetika hamkorligi: o‘zaro foydali hamkorlik namunasi

Foto:altaynews.kz

Shu kunlarda xitoy-qozoq gaz quvurining ikkinchi navbati, ya'ni Qozog‘iston-Xitoy magistral gaz yo‘lagi (MGY) to‘liq qurib bitkazildi. Unga ikki davlat ham sarmoya kiritgan edi. Bozoy shahrida ushbu gaz quvuri qurilishi yakunlanishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Qozog‘iston neftgaz kompaniyasi boshqaruvi raisi Sauat Minboyev, o‘zini yelkasidan tog‘ ag‘darilgandek his qilayotganini ta'kidladi. 

Ma'lumki, Qozog‘iston boy neftgaz zaxiralariga ega. Biroq, infratuzilmalarning ortda qolayotgani, neftni qayta ishlash texnologiyalarining zamon talablariga javob bermasligi sababli mamlakat neft xom ashyosini sotishdan tushgan pullarni neft mahsulotlari xarid qilishga sarflab keldi. 2018 yilga kelib, Qozog‘iston neft va tabiiy gaz bilan o‘zini to‘liq ta'minlay olish darajasiga chiqishi kerak. Bu Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘ygan strategik vazifalaridan biridir. 

Qozog‘iston-Xitoy magistral gaz yo‘lagi loyihasi mamlakatni energetika sohasida rivojlantirish bo‘yicha istagini amalga oshiradi. Bu Qozog‘istondagi nafaqat o‘ziga e'tibor qaratuvchi xalq farovonligi loyihasi, balki «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasida energetika sohasida o‘zaro aloqa va foydali hamkorlikka keng yo‘l ochadi. 

2013 yil 7 sentabrda XXR raisi Si Jingpin ilk bora Qozog‘istonga tashrif buyurgan, o‘sha kuni u Ipak yo‘li iqtisodiy kamari qurilishi qo‘shma tashabbusini ilgari surgan edi. U prezident Nazarboyev bilan birga Qozog‘iston-Xitoy MGY qurilishi boshlanishi marosimiga tashrif buyurgandi. Endilikda, ushbu loyiha to‘liq yakunlandi, u Qozog‘istonning tabiiy gaz zaxiralariga boy bo‘lgan g‘arbiy qismini aholining ko‘p qismi istiqomat qiladigan janubi qismi bilan bog‘lash imkonini berdi. Bu, o‘z navbatida, mazkur hududlarda tabiiy gaz tanqisligi hamda ko‘mirdan foydalanishga barham beradi. Shu bilan birga, mazkur yo‘lak Xitoy va O‘rta Osiyo mintaqasi o‘rtasida tabiiy gaz zaxirasini yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi yo‘nalishni ochdi. Bu Xitoy va Qozog‘iston energetika xavfsizligini ta'minlashga yordam beradi. 

Energetik hamkorlik – bu Xitoy va Qozog‘istonning amaliy hamkorligining asosiy qismidir. 20 yil mobaynida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Qozog‘iston neftgaz bo‘yicha hamkorlikdagi ko‘plab yutuqlarga erishdi. Markaziy Osiyo hududlari bo‘ylab Xitoyni bog‘lagan neft xom ashyosi uchun quvur va 4ta gaz quvurlari barpo etildi. Bunda neft xom ashyosi va 3ta gaz quvuri Qozog‘iston hududidan o‘tadi. 

«Bir makon, bir yo‘l» qurilishi hamda Xitoy-Qozog‘iston neftgaz quvurlaridan foydalanish yangi tarixiy imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, ikki mamlakat xalqlari amalda hamkorlik mevalaridan bahramand bo‘lishmoqda. Birgina statistika, "Petrochayna" kompaniyasining o‘zi Qozog‘istondagi loyihada ishtirok etishda bir necha 10 mlrdlab dollarni hukumat bojlari sifatida kiritdi. 30 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratdi. Ko‘plab yuqori malakali kadrlarni tayyorladi. 

Mavzuga oid