Sport | 16:44 / 12.05.2017
22103
1 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» klubi prezidenti o‘zgardi

Foto: pakhtakor.uz

«Paxtakor» futbol klubi rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, bugun «Paxtakor» klubida rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Klub Vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan Shodiyev Bobur Qobulovich klub prezidenti etib tayinlangan. Klub bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Ahmatdjonov Umid Mahamatdjanovich klub vitse-prezidenti lavozimini egallagan. Adisman Dmitriy Aleksandrovich «Paxtakor» klubi bosh direktori bo‘lgan.

Bungacha klub prezidenti sifatida faoliyat yuritgan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov endilikda klub faxriy prezidenti hisoblanadi.

Mavzuga oid