Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti Ispaniya bosh vazirini "qo‘rqoq" deb atadi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Madriddagi Venesuela madaniy markazi atrofidagi voqea va go‘yoki Venesuelaning Ispaniyadagi elchisiga tajovuz qilinganidan keyin Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoyni "qo‘rqoq" deb atadi.
11 may kuni kechki payt Venesuelaning Madriddagi elchisi Mario Isea u va elchixonaning madaniy markazida bo‘lgan yana 100 ga yaqin kishi elchixona binosi qarshisida Maduroga qarshi chiqayotgan yuzlab namoyishchilar tomondan "garovda ushlab turilganini" aytgan. Biroq Ispaniya hukumati Isea garovda ushlab turilgani haqidagi xabarni rad etgan.
"Raxoy, sen qo‘rqoqsan, sen birorta davlat elchisiga, Venesuela elchixonasiga hujum qilishga ijozat bera olmaysan, bu fashistlik", deb aytdi Maduro VTV telekanali efirida. U Ispaniya qiroli Felipe VI’dan bo‘lib o‘tgan voqeani batafsil tergov qilishni so‘ragan.
Maduro shuningdek Ispaniyaning sobiq bosh vaziri Felipe Gonsalesni ham "eslab o‘tdi". Gonsales Venesuelada ta'sis yig‘ilishi chaqirig‘ini o‘tkazmay, yangi saylovlarni tashkillashtirishni so‘ragan. "Qandaydir Felipilo Gonsales chiqibdi, fikrimcha, Felipilo qandaydir qirolning reinkarnatsiyasi bo‘lib, ba'zida shira kayf bo‘lganda xaritaga qarab, Venesuela unga tegishli deb o‘ylaydi va bizga nima qilishni o‘rgatadi", deb aytdi Maduro.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026