Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an: «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi terrorchilikni yengishga yordam beradi
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi terrorchilikni yengishga yordam beradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an forumdagi chiqishi vaqtida aytib o‘tgan.
«Bu terrorchilikka yakun yasaydigan tashabbus bo‘ladi. Bu barcha uchun manfaatli hamkorlik modelidir», dedi Erdo‘g‘an.
«Men ishonamanki, bu loyiha hamma uchun foydali, u tinchlik va barqarorlik keltiradi, bu iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda yangi o‘zaro bog‘langan tizimni yaratishni anglatadi. Bu loyiha mintaqa rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi va fuqarolarimizning turmush tarzi standartlarini sezilarli oshirishga olib keladi, bu barchamiz uchun umumiy muvaffaqiyat bo‘ladi», deya ta'kidladi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kabi qo‘shma moliyaviy institutlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlaydi, chunki bunday tashkilotlar doirasida hamkorlik qilayotgan davlatlar umumiy rivojlanish uchun zarur qadamlarni amalga oshira oladilar. Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiyaning bankka ulushi 2,6 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026