O‘zbekiston | 18:33 / 14.05.2017
8207
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasi faoliyati bilan tanishdi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi davomida ushbu mamlakatning yetakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha samarali kelishuvlarga erishildi. 

Prezident Xitoy aerokosmik ilmiy-sanoat korporatsiyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan yuqori texnologik mahsulotlarga jahon bozorida talab yuqori. 

Korporatsiya raisi Gau Xun Vey Shavkat Mirziyoyevga ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar turi, turli davlatlar bilan ilmiy hamkorlik natijalari haqida so‘zlab berdi. 

Mavzuga oid