Sport | 10:52 / 15.05.2017
7725
5 daqiqa o‘qiladi

La Ligada duranglar sindromi. «Sporting» ligani tark etadi (turnir jadvali)

Ispaniya chempionatining 37-turi doirasida Xixonning «Sporting» klubi «Eybar»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ammo jamoaga bu g‘alaba ligada qolishga yordam bermacligi mumkin. 

Parallel kechgan uchrashuvda «Deportivo» «Vilyarreal» bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi va ochkolari sonini 33taga yetkazdi.

Ayni vaqtda «Sporting»da 30 ochko bor. Xixonliklar jamoasida to‘plar nisbati -30. «Deportivo»da esa bu ko‘rsatkich -21.

Keyingi turda «Sporting» «Betis»ni qabul qiladi, «Deportivo» o‘z maydonida «Las-Palmas» bilan o‘ynaydi. Xixonliklarda ligani tark etgani amalda aniq bo‘lgan, nazariy jihatdan keyingi turda «Deportivo» yutqazsa va «Sporting» 9ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsagina, bunday bo‘lmasligi mumkin.

37-turda 4ta uchrashuvda durang natija qayd etildi. «Vilyarreal» va «Deportivo» uchrashuvida hisob ochilmagan bo‘lsa, «Betis» «Atletiko» uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi va Simeone shogirdlari uchinchi o‘rinni naqd qilishdi, «Real Sosedad»va «Malaga» uchrashuvida 4ta gol urildi (2:2), «Atletik» va «Leganes» uchrashuvida ham 1:1 hisobi saqlanib qoldi. «Alaves» «Selta»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

La-liga. «Real» va «Barselona» bir xil hisobda g‘alaba qozondi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Osasuna» va «Granada» 19 va 20-o‘rinlarni egallagan holda keyingi mavsumda Segundada ishtirok etadigan bo‘lgandi.

Ispaniya chempionati, 37-tur

Eybar – Sporting Xixon 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 32 Burgi.
Eybar – Riyesgo, Kapa, Galves, Lejyen, Junka, Eskalante (Rivera, 70), Dani Garsiya, Leon, Gonsales (Kike, 58), Inui (Bebe, 77), Enrik.
Sporting Xixon – Kuelyar, Duglas Pereyra, Baben, Xorxe Mere, Kanelya, Alvares, Mikel Vesga, Karmona (Lopes, 88), Gomes (Xavi Torres, 74), Burgi (Amorebeta, 83), Chop.
Ogohlantirishlar: Lejyen (59), Enrik (60), Mikel Vesga (80), Chop (89).

Betis – Atletiko 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 57 Sebalos, 1:1 – 66 Savich.
Betis – Adan, Rafa Navarro, Petstselya, Bruno Gonsales, Durmisi (Martines, 87), Brashanats, Petros, Marten (Sexudo, 68), Sanches (Matias Nauel, 90), Ruben Kastro, Sebalos.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Savich, Lyuka Ernandes, Filipe Luis (Torres, 64), Koke, Gabi, Saul, Ferreyra Karrasko, Gameyro (Gaytan, 64), Grizmann (Parti, 75).
Ogohlantirishlar: Brashanats (28), Filipe Luis (36), Ximenes (42), Koke (55), Savich (60), Petros (66), Adan (67), Martines (90).

Vilyarreal – Deportivo 0:0 (0:0, 0:0)
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Bonera, Alvaro Gonsales, Kosta, Dos Santos (Rodri Ernandes, 90), Trigeros (Sansone, 71), Soriano, Kastilexo, Soldado (Adrian, 75), Bakambu.
Deportivo – Lyuks, Xuanfran, Arribas, Albentosa, Navarro, Borxes, Gilerme, Xil (Gama, 83), Cholak (Moskera, 90), Jon (Fajr, 63), Andone.
Ogohlantirishlar: Trigeros (43), Soldado (45), Lyuks (45), Andone (53), Fajr (65), Borxes (90).

Atletik – Leganes 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Aduris, 1:1 – 61 Shimanovski.
Atletik – Arrisabalaga, De Markos, Yyeray Alvares, Echeyta, Balensiaga (Inigo Lekue, 87), San Xose, Benyat, Inyaki Uilyams (Susayeta, 66), Raul Garsiya (Sabin Merino, 79), Muniain, Aduris.
Leganes – Shampan, Bustinsa, Mantovani, Siovas (Insua, 46), Riko, Peres, Timor, Al-Jar, Pires (Moran, 71), Shimanovski, Lusiano (Gerrero, 90).
Ogohlantirishlar: Benyat (29), Shimanovski (35), Bueno (38), Peres (44), Bustinsa (65), Al-Jar (73), Timor (83), San Xose (84), Aduris (90), Shampan (90).

Real Sosedad – Malaga 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 31, penalti Priyeto, 1:1 – 45 Ernandes, 1:2 – 75 Resio, 2:2 – 85 Bautista.
Real Sosedad – Ruli, Odriosola, Navas (Bautista, 76), Martines, Berchiche, Priyeto, Ilyarramendi, Subeldiya, Vela (Kanales, 64), Villian Joze, Xuanmi (Oyarsabal, 58).
Malaga – Kameni, Torres, Lorente, Ernandes, Rikka, Resio, Fornals, Keko (Demichelis, 78), Xoni Rodriges (Chori Kastro, 71), Xuan Karlos (Santos, 86), Sandro Ramires.
Ogohlantirishlar: Navas (53), Torres (86), Santos (89).

Alaves – Selta 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 5 Manu Garsiya, 2:0 – 18 Feddal, 3:0 – 37 Deyverson, 3:1 – 78, penalti Aspas.
Alaves – Pacheko, Vigaray, Ruano, Feddal, Teo, Torres, Manu Garsiya (Markos Lorente, 75), Tokero (Mendes, 66), Sobrino, Katai (Romero, 71), Deyverson.
Selta – Ivan Vilyar, Ronkalya (Kastro, 60), Gomes, Fontas, Planas, Vass, Dias (Ernandes, 45), Bongonda (Aspas, 46), Xosabed, Sisto, Bovyu.
Ogohlantirishlar: Ruano (63), Aspas (81), Fontas (84), Kastro (87).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid