O‘zbekiston | 14:50 / 15.05.2017
36852
1 daqiqa o‘qiladi

Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga beriladigan mukofot miqdorlari belgilandi

Foto: Pisma o Tashkente

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlariga obodonlashtirish sohasidagi uzluksiz umumiy ish staji (uzoq muddatli xizmati) uchun har chorakda mukofot to‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 1 yildan 3 yilga qadar tanaffussiz ishlagan xodimlarga har chorakda oylik maoshining 30 foizi qo‘shib beriladi. 3 yildan 5 yilga qadar tanaffussiz ishlagan xodimga oylik maoshining 60 foizi miqdorida mukofot beriladi, 5 yildan 10 yilgacha stajga ega xodim uchun oylik maoshining 80 foizi miqdorida mukofot tayinlanadi. 10 yildan ko‘p vaqt davomida xizmat qilgan xodimga esa har chorakda bir oylik maoshiga teng mukofot yoziladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid