Rustam Abdulahatoviç Yusupov Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi boşqaruvçisi etib tayinlandi. Bu haqda 17 aprel kuni poytaxt hokimi Şavkat Umrzoqovning tegişli farmoyişi imzolangan.

Rustam Yusupov 1986 yil 12 noyabrda Namangan viloyati Çortoq tumanida tavallud topgan. Toşkent davlat agrar universiteti (2008) va Özbekiston prezidenti qoşidagi davlat boşqaruv akademiyasini (2020) tamomlagan.

2007 yildan 2020 yilgaça Yunusobod tumani Obodonlaştiriş boşqarmasida faoliyat yuritgan Rustam Yusupov 2020 yil noyabr oyida şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasiga işga ötib, boşqarma rahbarining birinçi örinbosari bölib işlagan.

2021 yilning noyabridan buyon Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasiga rahbarlik qilib kelgan Anvar Umarov 2023 yil yanvarida Jahongir Ortiqxöjayev Toşkent şahar hokimligidan ketişi ortidan şahar hokimi v.b bölgan Baxtiyor Rahmonovning 27 yanvardagi farmoyişi bilan lavozimidan ozod qilingandi.

31 yanvar kuni esa Umarovning örinbosari bölgan Rustam Yusupovga Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi boşqaruvçisi vazifasini vaqtinça bajariş yuklatilgandi.