Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Obodonlashtirish boshqarmasi yordamchi xodimlar bo‘limi xodimasi G.A fuqaro A.O.ning ishonchiga kirib, uni Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 10 mln so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











