Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyani 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi iqtisodiy xavfsizligi strategiyasini tasdiqladi. Shu haqdagi prezident farmoni Huquqiy axborot rasmiy portaliga joylashtirilgan.
Unda asosiy tahdidlar qayd etilgan. Xususan, iqtisodiyotning asosiy sektorlariga nisbatan choralar, xorijiy moliya zaxiralaridan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga cheklovlar, mamlakat chegaralariga yaqin va iqtisodiy manfaatlariga aloqador hududlarda ziddiyatlar paydo qilinishi, jahon xom ashyo va moliya bozorlari kon'yunktura tebranishlarining kuchayishi, jahon energiya manbalariga bo‘lgan talab tuzilmasidagi o‘zgarishlar, iqtisodiy rivojlanishning eksport-xomashyo modeli o‘zini oqlamaganligi va yoqilg‘i-xom ashyo zaxira bazasining tugashi shular jumlasidan.
Strategiya zaxira-xom ashyo, ishlab chiqarish, ilmiy-texnologik va moliyaviy sohalarda inqirozli holatlarning oldini olish hamda fuqarolarning turmush darajasi pasayishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutadi. Bundan tashqari, u g‘arb sanksiyalariga sharoitida javob choralarini ko‘rish mexanizmini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026