Makron: Yevropa Ittifoqi chuqur islohotlarga muhtoj
Fransiyaning yangi prezidenti Emmanyuel Makron Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Berlindagi uchrashuvi natijalariga ko‘ra Yevropa Ittifoqi isloh qilinishga muhtoj, deb aytdi.
"Bizga kamroq darajada byurokratlashgan, o‘z fuqarolarini yaxshiroq himoya qila oladigan Yevropa zarur", deb aytdi Makron. Uning aytishicha, "Yevropasiz tinchlik, farovonlik va erkinlik bo‘lmaydi". "Biz institutlar islohotlariga va yangi kelishuvlarga tayyormiz", deb aytdi Makron. Uning ta'kidlashicha, chuqur o‘zgarishlarni nafaqat Yevropa Ittifoqida, balki yevrohududda ham o‘tkazish lozim.
Shu bilan birga Makron Germaniya uchun "ochiq-oydin va konstruktiv hamkor" bo‘lishga va'da berdi. "Biz ko‘proq darajada demokratcha yo‘ldan borishimiz kerak", deb aytdi Makron.
U yaqin orada Fransiyada ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va'da berdi.
"Fransiya ommaviy ishsizlik muammosini tartibga solmagan yagona davlatdir. Biz yaqin orada o‘tkaziladigan chuqur islohotlarga muhtojmiz", deb aytdi Makron.
Berlin Makron o‘zining ilk xorijiy safari uchun tanlagan shahar bo‘ldi. "Birinchi tashrif, Yevropa tiklanishiga qo‘yilgan birinchi toshdir", deb yozdi Makron tvitterda.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
18:56 / 19.11.2024
YeI Xitoy kompaniyalaridan ishlab chiqarishlarini Yevropaga joylashtirishni talab qiladi
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
17:48 / 06.11.2024