O‘zbekiston | 08:49 / 16.05.2017
7902
3 daqiqa o‘qiladi

"Urgut" EIZda joriy yilda 20 ta loyiha ishga tushiriladi

"Urgut" erkin iqtisodiy zonasi Direktsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" hamda 2017 yil 12 yanvardagi PF-4931-sonli "Urgut, G‘ijduvon, Qo‘qon, Hozarasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida" Farmonlari  bilan tashkil etilgan. 

Joriy yilning 18 aprel kuni Yagona oyna markazidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, 17789-sonli guvohnoma berilgan. Bugungi kunga qadar 83 ta, 250 mln dollarlik 5500 ish o‘rni bo‘lgan loyiha va takliflar kelib tushgan. Ushbu 83 ta loyihanining 20 tasi joriy yilning o‘zidayoq ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. 

"Urgut" erkin iqtisodiy zonaci umumiy yer maydoni 816 gektarni tashkil etib, 3 ta hududdan iborat: Urgut-1, Urgut-2, Urgut-3. "Urgut" Erkin iqtisodiy zonaga kirgan investorlar yer solig‘i, foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari umumta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ozod etiladi;

o‘zi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelingan asbob-uskunalar, xomashyo materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari). respublikada ishlab chiqarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan qurilish materiallari uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etiladi.   

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid