Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» futbolchilari rahbariyatga kimni bosh murabbiy qilish kerakligini aytishdi
«Barselona» jamoasi futbolchilarining aksar qismi jamoani yangi mavsumda ayni vaqtda «Atletik»da bosh murabbiy bo‘lgan Ernesto Valverde boshqarishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, jamoada ushbu mutaxassisning kelishiga qarshi bo‘lgan bitta ham futbolchi yo‘q. Ularning ba'zilari Valverde jamoaga kelishini qattiq istamoqda va bu istaklari haqida rahbariyatga ma'lum qilishgan.
Jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Luis Enrike mart oyidayoq klubni tark etishi haqida e'lon qilgandi.
Klub rahbariyati yangi bosh murabbiy nomini 29 maydan oldin e'lon qilmoqchi emas. 27 may kuni «Barselona» mavsumdagi oxirgi uchrashuvni Ispaniya Kubogi finalida «Alaves»ga qarshi o‘tkazadi.
Shuningdek, klub rahbariyati vakillari Valverde bilan muzokaralar boshlagani to‘g‘risida xabarlar bor.

Jamoani boshqarishga yana bir nomzod ayni vaqtda Luis Enrikening yordamchisi bo‘lib ishlayotgan Xuan Karlos Unsue hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:38 / 23.02.2026
«Arsenal» va «Barselona»da yirik g‘alaba. Kun o‘yinlari
11:38 / 17.02.2026
«Barsa» derbida yutqazdi va peshqadamlikni boy berdi
11:47 / 13.02.2026
«Barsa» yirik hisobda yutqazdi, «Arsenal» yana ochko yo‘qotdi
12:34 / 04.02.2026