Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yig‘iluvchi Kia Rio modeli suratlari paydo bo‘ldi
Rossiyadagi Kia Rio mashinalari egalari forumida modelning yangi avlodagi varianti suratlari paydo bo‘ldi. Mashina seriyali tarzda avgustdan boshlab Sankt-Peterburgda ishlab chiqarila boshlanadi. Hozirda korxona mashinani sinov yig‘ishni amalga oshirmoqda.

Yangi "Rio" Xitoyda ishlab chiqariladigan Kia K2 modeliga o‘xshashdir, biroq Rossiya bozori uchun old bamper va radiator panjarasi o‘zgartiriladi.
Avvalroq ham bu modelning suratlari chop etilgandi va ularda mashinaning orqa kuzovi dizaynini ko‘rish mumkin bo‘lgan. Suratda mashinada davlat raqami belgisi mahkamlanadigan joy yukxona eshigidan bamperga ko‘chirilganini ko‘rish mumkin.
Sedan yangi "Solyaris" jihozlanadigan kuch qurilmalari bilan taklif etiladi. "Rio" 1,4 va 1,6 litrli, mos ravishda 100 va 123 ot kuchi beruvchi motorlar bilan jihozlanadi. Mashinaning uzatmalar qutisi olti pog‘onali "mexanik" va "avtomat" ko‘rinishda bo‘ladi. Rossiyada mashina 599 ming rubldan boshlab taklif qilinadi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026