Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet Hindiston va Janubiy Afrika bozorlarini tark etmoqda
General Motors konserni yil oxirigacha Chevrolet markasini ikkita davlat – Hindiston va Janubiy Afrikadan olib chiqmoqchi. Kompaniya xabariga ko‘ra, bu maqsad uchun 500 mln dollar sarflanadi, bunda har yili 100 mln dollar pul tejaladi.
Bundan tashqari, kompaniyaning Hindistondagi zavodi avtomobillarni eksportga jo‘natish uchun yig‘uvchi korxonaga o‘zgartiriladi, Janubiy Afrikaning Elizabet portidagi korxona esa Isuzu kompaniyasiga sotiladi.
Financial Times nashrining ma'lum qilishicha, Chevrolet savdo pastligi sababli birdaniga ikkita davlatdan ketmoqda. Misol uchun, Hindistonda marka bozorning 0,9 foizini egallaydi, uning 21 mart kuni yakunlangan moliyaviy yildagi savdosi hajmi 25,8 ming mashinani tashkil qilgan. Bu esa bir yil avvalgi savdo hajmidan 21 foizga kamroqdir. Taqqoslash uchun, Suzuki’ga hind bozorining 47 foizi, Hyundai’ga 16,7 foizi to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026