Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador Buyuk Britaniyani Assanjga erkin chiqib ketish imkonini berishga chaqirdi
Ekvador Tashqi ishlar vaziri Giyom Long rasmiy Londonni WikiLeaks asoschisi Julian Assanj Buyuk Britaniya hududidan erkin chiqib ketishiga imkon berishni so‘radi.
«Endi uni hibsga olish to‘g‘risidagi Yevropa orderi amalda emas. Buyuk Britaniya endi Julian Assanjga mamlakatni erkin tarzda tark etish imkoniyatini taqdim etishi kerak», — deya yozgan u tvitterida.
Bundan oldinroq Assanj Shvetsiya prokuraturasining unga qarshi tekshiruvlarni to‘xtatish haqidagi qaroriga munosabat bildirib o‘tgandi.
«Menga bu ayblov qo‘yilganidan buyon 7 yil o‘tdi. Mening bolalarim o‘sib voyaga yetdi, nomim esa tuhmat tufayli qora bo‘lib qoldi. Men buni unutmayman va aslo kechirmayman», — deb yozgan u tvitterida.
2010 yilning 20 avgustida Shvetsiyada Assanjni hibsga olishga order berilgandi. U jinsiy tamagirlik va zo‘ravonlikda ayblangan. 2011 yilda Britaniya sudi uni Shvetsiyaga ekstraditsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2012 yilda Assanj Londondagi Ekvador elchixonasidan siyosiy boshpana oldi.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025