Jahon | 09:35 / 19.05.2017
4011
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh Kongressi Trampning biznes aloqalarini tekshiradi

Foto: Kaspiy

AQSh moliyaviy razvedkasi Amerika Kongressi Vakillar palatasiga prezident Donald Tramp va uning atrofidagilarning Rossiya bilan biznes aloqalari borligini tekshirish bo‘yicha zarur bo‘lgan ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi moliyaviy razvedka Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasiga maxfiy hujjatlar bilan tanishish imkonini bergan. 

Avvalroq, Kongressning ikki palatasining ushbu masala bo‘yicha qo‘mitalari moliyaviy razvedkaga murojaat qilib, shunday ma'lumotlarni taqdim etishni so‘ragan edi. Senat maxsus qo‘mitasi ham shu ma'lumotlarni olganini bu idoradagi demokrat Mark Uorner tasdiqlagan edi. 

Senatning razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasining demokrat a'zosi demokrat Ron Uayden The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, uni birinchi galda  pullarni o‘tkazish uchun soxta kompaniyalar yoki kimgadir ko‘chmas mulk berilgani qiziqtirishini aytgan edi.
 
Hozircha, moliyaviy razvedka vakillari ushbu xabarni izohlashni rad etishgan. Prezident Trampning o‘zi Rossiyada biznesi ham yo‘qligini, Moskva bilan biror sohada aloqa ham qilmasligini ta'kidlab keladi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid