Jamiyat | 10:22 / 19.05.2017
34921
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 14 nafar o‘zbekistonlik fohisha ushlandi

Turkiyaning Antaliya shahrida fohishalik bilan kurash haftaligi bo‘lib o‘tdi. Uning davomida 100 dan ortiq kishi, jumladan, noqonuniy xizmat turini taqdim etish tashkilotchilari qo‘lga olindi. Bu haqda Newsturk nashri xabar berdi.

Xususan, Antaliyaning Guzaloba tumanida “tungi kapalaklar” to‘planadigan yerda joriy yildagi eng yirik reyd o‘tkazildi.

Maxsus amaliyot natijasida 84 nafar ayol qo‘lga olingan. Ular orasida 22 nafari – Qirg‘iziston, 20 nafari – Turkiya, 14 nafari – O‘zbekiston, 9 nafari – Gruziya, 5 nafari – Rossiya, 4 nafari – Ukraina, 3 nafari – Dominikan Respublikasi, 2 – Moldova, 2 – Eron va bittadan Qozog‘iston, Nigeriya hamda BAA fuqarolari aniqlangan.

O‘tkazilgan tegishli tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, uch nafar fohisha OITS bilan kasallangani aniqlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid