Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Do‘kon Serena Uilyamsga irqiy nafrat tufayli chegirma berishdan bosh tortdi
Tennis bo‘yicha jahonning ikkinchi raqamli raketkasi Serena Uilyamsga irqiy nafrat tufayli do‘konda chegirma berishdan bosh tortishdi.
Gianvito Rossi oyoq kiyimi do‘koni sobiq xodimi Uitni Uilbern o‘z ish beruvchisini afroamerikaliklarga nisbatan sovuq munosabatda bo‘lgani uchun sudga berdi.
«Mening rahbarim Greys Mazzilli afroamerikaliklarga irqiy nafratda ekanini bir necha bor bildirgan. Masalan, jahonga mashhur tennis yulduzi Serena Uilyams qimmat xaridlar uchun chegirma so‘raganida, kompaniya menejyerlari sportchiga nisbatan irqiy nuqtai nazardan qabul qilish mumkin bo‘lmagan izohlar qilishgan hamda brend oyoq kiyimini afroamerikaliklar kiyib yurishi istamasliklarini aniq va ravshan bildirishgan.
Menejyerlar Serenani yoqimsiz, deb atashdi va chegirmalar berishdan bosh tortishdi. Natijada Uilyams jurnalistlar bilan muloqotdan so‘ng, baribir chegirma oldi, biroq bu narx oq tanli yulduzlarnikiga qaraganda ancha past edi», - deya Uilbernning so‘zlarini keltiradi Tennis World.
Mavzuga oid
20:33 / 04.06.2026
Jahon chempionatida irqchilik holatlari yuz bersa, o‘yin butunlay to‘xtatiladi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
13:26 / 17.06.2023
Alabamadagi avtobus boykoti – AQShda qora tanlilarning kamsitilishiga qarshi kechgan kurash qanday boshlangan edi?
22:15 / 01.06.2021