Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Venesuelada namoyishchilarga qarshi merganlardan foydalanishmoqchi
Venesueladagi yuqori lavozimli harbiylar mamlakat hukumati siyosatiga qarshi norozilik namoyishlarida ishtirok etayotganlarga qarshi kurashda merganlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rishga topshiriq bergan. Bu haqda El Nuevo Herald xabar bermoqda. Nashr audioyozuvlarni taqdim etgan, unda Venesuela mintaqaviy qo‘mondonligi uchrashuvidagi muloqot yozib olingan.
Ta'kidlanishicha, merganlardan foydalanish haqidagi buyruqni armiya generali Xose Rafael Torrealba Peres bergan. Yozib olingan suhbatda harbiylar namoyishchilarga qarshi merganlardan foydalanish qonunga qanchalik to‘g‘ri kelishi va shundan so‘ng yuz beradigan ehtimoliy tahdidlarni ham muhokama qilgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, uchrashuvda armiya, harbiy-havo kuchlari va Venesuela milliy gvardiyasi vakillari ishtirok etgan hamda u taxminan uch hafta avval mamlakat shimoli-g‘arbidagi Barkisimeto shahridagi harbiy bazada bo‘lib o‘tgan.
«Merganlar bilan ishlaydigan shaxslarni tayyorgarlikdan o‘tkaza boshlang, bunda birinchi bo‘lib ruhiy va jismoniy sinovlardan foydalaning», - degan Torrealba audioyozuvda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «biz merganlarni qo‘yishga majbur bo‘ladigan vaqt keladi, hamda men bu holatga tayyor bo‘lishimni istayman».
Manbaning bildirishicha, yozuvdagi ovoz aynan shu generalga tegishli.
Bu ma'lumotlar Venesuela harbiylarining, namoyishchilarga nisbatan o‘q otar quroldan hech qachon foydalanmaganliklari haqidagi bayonotlariga zid keladi.
«Biz o‘q otar qurollardan foydalanmaymiz. Bizda shunday vaziyatlarda miltiq, to‘pponcha yoki pulemyotlar yo‘q», - deya aytib o‘tgandi mamlakat mudofaa vaziri Vladimir Lopes avvalroq.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada joriy yilning 4 aprelidan boshlab mamlakat hukumati va uning yetakchisiga qarshi ommaviy ko‘cha namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 35 kishi halok bo‘lgan. Namoyishlar Oliy sudning mamlakat parlamenti hokimiyatini cheklash haqidagi qaroridan so‘ng boshlandi.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026