Jahon | 20:46 / 20.05.2017
11508
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya podshohi Trampni podshoh Abdulaziz ordeni bilan mukofotladi

Foto: © AP Photo/Evan Vucci

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 20 may kuni "Al-Yamoma" podshohlik saroyida AQSh prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi Amerika delegatsiyasini qabul qildi. Saudiya-Amerika sammiti boshlanishi avvalida podshoh Oq uy ma'muriyati yetakchisini podshohlikning oliy mukofoti – hukmron sulola asoschisi podshoh Abdulaziz nomidagi orden bilan mukofotladi. Tantanali marosim Sky News Arabia telekanalida namoyish etildi.

Mazkur orden bilan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan xorijiy davlatlar rahbarlari mukofotlanadi. Mazkur oliy mukofot bilan taqdirlanganlar orasida AQShning sobiq prezidenti Barak Obama ham bor. 

Al Arabiya telekanali esa, Amerika harbiy-sanoat kompleksi gigantlaridan biri Raytheon Saudiya Arabistoni harbiy-sanoat korporatsiyasi bilan strategik hamkorlik va podshohlik HHH (havo hujumidan himoya) tizimlarini rivojlantirish va "aqlli" qurollar ishlab chiqish borasida kelishib olgani haqida xabar qilmoqda. 

Ikki davlat rahbarlari ishtirokida imzolangan memorandumga muvofiq, Raytheon podshohlikda to‘liq o‘ziga qaraydigan Raytheon Arabia yuridik shaxsiga asos soladi. 

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va AQSh 20 may kuni podshohlikda Amerikaning 150ta ko‘p maqsadli Blackhawk vertolyotlarini yig‘ish to‘g‘risidagi bitim ham imzolanishi ma'lum qilingandi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid