Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida avtomobil o‘g‘risi ushlandi
Foto: 123RF
Toshkent viloyatining Angren shahrida tungi tadbirda xizmat olib borayotgan xodimlar e'tiborini shaharning Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan dehqon bozori yaqinida “Tiko” rusumli avtoulov atrofida kuymalanib yurgan kishining beo‘xshov xatti-harakatlari tortadi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
Yarim tunda hamma uyquga cho‘mgan bir paytda, avtoulov eshigini ochib yopayotgan bu kishining bejo boqishlari ziyrak xodimlarda shubha uyg‘otadi.
-Tinchlikmi aka, yordam kerak emasmi, avtoulovigiz buzilib qoldimi?- deya savol beradi ichki ishlar organlari xodimlaridan biri.
-Tinchlik, o‘zim shundoq..., -deydi haligi kishi qo‘lidagi kalitni avtoulov eshigiga suqarkan tutilib. Shunday qilib, ichki ishlar organlari xodimlarining ziyrakliklari bois ushbu jinoiy harakatga barham berildi.
Angren shahar 3/2-daxasi 3-uy 2-xonadonda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan Rashid Majitovga (ismlari o‘zgartirilgan) tegishli «TIKO» rusumli 10 T 653 MA davlat raqam belgili avtoulovini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz 1982 yilda tug‘ilgan B.Sh olib ketayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan.
Albatta, jinoyatni sodir etgan har bir shaxs o‘z qilmishlariga yarasha qonun oldida javob beradilar. Shu o‘rinda, fuqarolarimiz ham «O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma» naqliga amal qilib, avtomashinalarini qarovsiz qoldirmasalar, avtomashinalariga ogoh-tashxis uskunalarini o‘rnatgan holda, avtomashina to‘xtash joylariga qo‘ysalar faqat o‘zlari uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026
Germaniya tarixidagi yirik o‘g‘rilik: politsiyada hali ham “jiddiy iz” yo‘q
08:36 / 19.11.2025