Toşkent viloyati Angren şahrida sodir etilgan jinsiy zöravonlik işi birinçi instansiya sudida körib çiqilib, hukm öqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Mazkur jinoiy iş JIB Angren şahar sudida yopiq sud majlisida körib çiqilgan.
Sud hukmiga köra, 2006 yilda tuğilgan S.Q., 2004 yilda tuğilgan Z.U., 2004 yilda tuğilgan D.O‘. va 2003 yilda tuğilgan A.U. voyaga yetmagan S.Ya.ga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan. Ular Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 3-qismi «a» bandi, 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 3-qismi «a» bandi, 28,118-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28,119-moddasi 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Sud hukmi bilan S.Q.ga (u jinoyat sodir etilgan vaqtda voyaga yetmagan bölgan) Jinoyat kodeksining 85-moddasiga asosan 10 yil, Z.U.ga 12 yil, D.O‘.ga 10,5 yil hamda A.U.ga 7,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.
Angrenda 14 yoşli qiz muntazam ravişda jinsiy zöravonlikka uçrab kelgani 2025 yil iyul oyida ma’lum bölgandi. Öşanda ijtimoiy tarmoqlarda «pedofillar oç qolgan qizga lavaş, somsa va boşqa yeguliklar olib berib, uni aldab zörlab yurgani» haqida tasdiqlanmagan xabar tarqalgan edi.
Qiz oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Angren bolalar şifoxonasida tegişli amaliyotni ötkaziş uçun yetarli mutaxassis bölmagani sababli qizni Toşkentga yuboriş zarurligi aytilgan va huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilingan. Şundan keyin holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingandi.

















