Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: “Uzbek Tigers”ning “Cuba Domadores”ga qarshi javob janglari
Bugun Butunjahon boks seriyalari (WSB) VII mavsum chorak finalining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tgani, unda “Uzbek Tigers" bokschilari “Cuba Domadores” a'zolari bilan kuch sinashgani va 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida avval xabar berilgan edi. Quyida qizg‘in va kurashlarga boy janglarni tomosha qilishingiz mumkin. Unda “Uzbek Tigers”-“Cuba Domadores” o‘rtasidagi janglarda quyidagi bokschilar o‘zaro kuch sinashishdi:
52 kg. Jasur Latipov – Veytia Uosbanu
60 kg. Elnur Abduraimov – Estrada Alvares
69 kg. Shahram G‘iyosov – Iglesias Roniel
81 kg. Bektemir Meliqo‘ziyev – La Kruz Julio
+91 kg. Bahodir Jalolov – Larduet Gomes
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir 3 daqiqalik 5 raunddan olib borilgan ayovsiz janglarda “Cuba Domadores” jamoasi qo‘li baland keldi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shunday qilib, “Cuba Domadores” yarim finalda Columbia Heroicos vs Italia Thunder jamoalari g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Mavzuga oid
10:55 / 28.02.2019
AIBA Butunjahon boks seriyasining O‘zbekiston bosqichini tashkil etishi mumkin
14:49 / 22.02.2019
Saken Polatov «Uzbek Tigers»ning WSB'da g‘olib chiqishiga ishonch bildirdi
19:56 / 18.02.2019
Umid Ahmadjonov «Uzbek Tigers» taqdiri va Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik haqida ma'lumot berdi
20:40 / 31.07.2018