Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Hasan Ruhoniyni prezident saylovidagi g‘alaba bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev eronlik hamkasbi Hasan Ruhoniyga maktub yo‘llab, uni prezident saylovidagi ishonchli g‘alaba hamda bu lavozimga qayta saylanish bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘z maktubida davlat rahbari saylov natijalari Eron xalqining Hasan Ruhoniy olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga yuksak ishonchidan dalolat berishini alohida ta'kidladi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonlar hamkorlikda o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tara olishiga ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev Hasan Ruhoniyga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, omad va davlat faoliyatida yangi muvafaqqiyatlar, Eron xalqiga ega tinch va farovonlik tilab qoldi.
Eronning amaldagi prezidenti Ruhoniy ikkinchi muddatga saylandi
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024