Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy saylovlar yakunlariga köra ikkinçi muddatga qayta saylandi, deb xabar bermoqda Reuters.

Mamlakat davlat televideniyesi uni ğalaba bilan tabrikladi. Biroq saylovçilar ovozi hamon hisob-kitob qilinayotgani aytilgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra, Ruhoniy 22,7 mln. ovozni olgan bölsa, uning eng yaqin raqobatçisi – Eron sobiq boş prokurori Ibrohim Raisiy – 15,4 mln. ovoz töpladi.

2013 yilda Ruhoniy 50,68 foiz ovoz töplagan. Öşanda u saylovlarning birinçi turidayoq kerakli ovozni olib, ğalaba qozongandi.

Eron oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Hameneiy Ruhoniyni birinçi prezidentlik muddatidagi alohida xatti-harakatlari uçun tanqid qilgan, biroq aynan Ruhoniy jahon davlatlari bilan yadro bitimiga erişdi.