Jahon | 22:40 / 22.05.2017
5260
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Antarktikadagi 30 yillik faoliyati haqidagi ilk hisobotni chop etdi

Foto: AP Photo / Xinhua, Zhang Jiansong

Xitoy hukumati 22 may kuni birinchi marta Antarktikadagi 30 yillik faoliyati haqidagi hisobotni chop etdi va bu mintaqada barqarorlik va tinchlikning saqlab qolinishini qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanini tasdiqladi. 

Hisobot Xitoyning davlat okeanik ma'muriyati tomonidan Antarktika bo‘yicha kelishuvning 40-maslahatlashuv uchrashuvini o‘tkazish arafasida chop etildi. Uchrashuvda 50 ta davlat va xalqaro kompaniyalarning yuzlab vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.  

"Xitoy umumiy sa'y-harakatlar bilan Antarktikani tushunish va uni himoya qilish, undagi zaxiralardan oqilona foydalanish maqsadida qolgan jahon xamjamiyatiga qo‘shilishga tayyor. Xitoy bu mintaqada tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotga yanada ko‘proq hissa qo‘shish tarafdori bo‘lib qolmoqda", deb aytilgan hisobotda.

Xitoyning Antarktikaga birinchi tadqiqot ekspeditsiyasi 1984 yilda jo‘nagan va oxirgi 30 yildan ko‘proq vaqt ichida u yerda 4 ta ilmiy stansiya – "Chanchen", "Chjunshan", "Kunlun" va "Tayvan"ni hamda qutb tadqiqotlari instituti tashkil etilgan. Xitoy yildan-yilga saviyasi oshib borayotgan Antarktika tadqiqotlarini o‘tkazish zarurligini faol ravishda targ‘ib qilib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid