Isroil poytaxti Tel-Avivda avtomobil piyodalar ustiga haydaldi. Haaretz xabariga ko‘ra, bu hodisa oqibatida 5 kishi jabrlangan.
The Sun nashrida yozilishicha, jabrlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Hodisa sabablari aniqlashtirilmoqda.
Arutz Sheva xabariga ko‘ra bu terakt emas, odatdagi yo‘l-transport hodisasi edi.
Qayd etish kerakki, bu hodisa AQSh prezidenti Donald Trampning Tel-Avivga tashrifi vaqtida ro‘y berdi.