Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Afg‘oniston prezidenti bilan terrorchilikka qarshi kurashni muhokama qildi
Foto: AFP 2017 / Saul Loeb
AQSh prezidenti Donald Tramp 21 may kuni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Uchrashuv AQSh va musulmon davlatlari sammiti bo‘lib o‘tgan Ar-Riyodda o‘tdi.
"Tramp prezident G‘anining Afg‘onistonda terrorchilikka qarshi kurash va muhim islohotlarni amalga oshirishdagi boshqaruvchi rolini qutladi. U o‘z davlati uchun kurashayotgan afg‘on xavfsizlik kuchlarining jasurona xizmatini maqtadi", deyildi Oq uy bayonotida.
NBC telekompaniyasi Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar sonining 5 ming kishiga oshirilishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Oxirgi 4 yilda amerikalik harbiylarning Afg‘onistondagi soni 120 mingdan 9 minggacha tushib ketgan. Pentagonning ta'kidlashicha, qo‘shimcha harbiylarni yuborish qarori hali qabul qilinmagan.
Mavzuga oid
21:29 / 21.05.2026
Yevropa “Tolibon”dan nima xohlayapti?
14:30 / 17.05.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 600 kg narkotik modda to‘xtatib qolindi
18:32 / 15.05.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston bojxonachilari chegara postlaridagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:23 / 02.05.2026