Jahon | 22:03 / 22.05.2017
9687
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘la olmasligini aytdi

Foto: REUTERS / Amir Cohen

AQSh prezidenti Donald Tramp ishonch bilan Eronda hech qachon yadroviy qurol bo‘lmasligini aytdi va Tehronni "AQSh bilan ehtiyotkorroq bo‘lish kerakligi"dan ogohlantirdi. 

"Men sizga aytishim mumkinki, Eronda hech qachon yadroviy qurol bo‘lmaydi", deb aytdi Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar oldidan. Tramp Eronni "AQSh bilan ehtiyotkorroq bo‘lishga chaqirdi, chunki ular avvalgi ma'muriyat bilan fantastik bitim tuzishgan" va "bundan minnatdor bo‘lishlari kerakligini" aytdi. 

Trampning aytishicha, u qurol-aslaha va harbiylar yetkazib berishda "Eronning Yaqin Sharqda barcha joyda borligini" ko‘rmoqda.  

AQSh Eronni mintaqada "beqarorlashtiruvchi faoliyatda" ayblab keladi. Tramp Ar-Riyodda islom davlatlari yetakchilari bilan uchrashuvda Eronni terrorchilikni va Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Bu uchrashuvda Eron ishtirok etmagan. Tramp Eron yadroviy bitimi va xalqaro vositachilar "oltiligi"ni muntazam tanqid qilib keladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid