Jamiyat | 07:55 / 23.05.2017
7230
2 daqiqa o‘qiladi

Afsonaviy Elvis Preslining shaxsiy samolyoti auksionda sotiladi

Foto: CATERS NEWS AGENCY

"Rok-n-roll qiroli", afsonaviy qo‘shiqchi Elvis Preslining shaxsiy samolyoti 27 may kuni AQShdagi auksionda sotiladi.

GWS Auctions auksion uyining ma'lum qilishicha, gap 1962 yilda ishlab chiqarilgan Lockheed Jetstar modeli haqida ketmoqda. Samolyotning qo‘shiqchining buyurtmasi bilan yaratilgan ichki bezaklari: tillarangdagi yog‘och panellari, qizil baxmal o‘rindiqlari va qizil momiq gilami saqlab qolingan.

Auktsion tashkilotchilarining aytishicha, samolyotning to‘liq restavratsiya qilinishi imkoniyati bor. Samolyotda xususan dvigatellar yetishmaydi. Uning dastlabki narxi 2 mln dan 3,5 mln dollargachani tashkil qilmoqda. Samolyot 30 yildan ko‘proq ishlatilmagan va bu vaqt davomida Nyu-Meksiko shtatidagi aerodromlardan birida turgan.

"Bu samolyot o‘zining yangi egasiga ko‘rgazma eksponati yoki pullik attraksion sifatida millionlab dollarlar keltirishi mumkin", deyilgan xabarda.

Presli 1977 yilda 42 yoshida vafot etgan va hanuzgacha dunyodagi eng mashhur qo‘shiqchilardan biri sanaladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid