Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 14 kilometrli sharf to‘qildi
Hindistondagi to‘qish ixlosmandlari klubi Mother of India Crochet Queens a'zolari uzunligi 14,09 kilometrli sharf to‘qib, Ginness rekordlar kitobiga kirishdi. Bu haqda Times of India nashri xabar bermoqda.
700 dan ko‘proq ayol ulkan sharfni fevraldan beri to‘qib kelishgan. Ushbu jarayonda hindistonlik ayollardan tashqari, Dubay, Hongkong, Singapur va Polshada yashovchi ayollar ham ishtirok etishgan.
Guinness World Records hakami Rishi Nataning aytishicha, bu natija ushbu turdagi ilk rekorddir. Uni o‘rnatish uchun bir kilometrli sharf to‘qish ham kifoya qilar edi.
Ushbu g‘oyaning asosiy maqsadi tinchlik uchun kurashdan iborat bo‘lgan. Klub a'zolari o‘z mahsulotlarini Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Filippin, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy hamda BMTning bosh kotibi va atoqli a'zolariga yubormoqchilar.
2016 yilda ushbu klub a'zolari adyol to‘qib, rekord o‘rnatishgandi. Maydoni 1022 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan adyol dunyodagi eng katta odel deb topilgan.
Mavzuga oid
08:41 / 16.07.2026
Jahonda rekord darajadagi jazirama kuzatilishi mumkin
17:35 / 14.07.2026
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026