IHTT ma’lumotlariga köra, jahon yalpi içki mahsuloti (YaIM) 2026 yilda 2,8 foizga, 2027 yilda esa 3,1 foizga ösişi prognoz qilinmoqda. G20 davlatlari iqtisodiyoti esa har ikki yilda ham örtaça 3 foizlik ösişni namoyon qilişi kutilmoqda.
Taşkilot prognoziga köra, Hindiston eng yuqori iqtisodiy ösiş sur’atini saqlab qoladi. Agar 2025 yilda mamlakat YaIM 7,6 foizga ösgan bölsa, 2026 yilda bu körsatkiç 6,3 foiz, 2027 yilda esa 6,4 foizni taşkil etişi kutilmoqda.
Indoneziya iqtisodiyoti ham barqaror ösişni davom ettiradi. 2025 yilda YaIM 5,1 foizga oşgan bölsa, IHTT mamlakatning 2026–2027 yillarda ham ösiş sur’ati böyiça ikkinçi örinni saqlab qolişini prognoz qilmoqda.
Xitoy iqtisodiyoti ham ösişda davom etadi, ammo sur’at biroz sekinlaşişi mumkin. 2025 yilda YaIM 5 foizga ösgan bölsa, 2026 yilda 4,5 foiz, 2027 yilda esa 4,3 foizlik ösiş kutilmoqda.
IHTT tahlilçilariga köra, aksariyat mamlakatlarda 2026 yilda iqtisodiy ösiş sur’ati biroz pasayadi. Bundan istisno sifatida Janubiy Koreya qayd etilgan. Mamlakat iqtisodiyoti 2025 yilda 1 foizga ösgan bölsa, yarimötkazgiçlar (çiplar) sanoatidagi yuqori talab hisobiga 2026 yilda ösiş 2,6 foizga yetişi mumkin.
Rossiya iqtisodiyoti ham ösişni davom ettiradi, biroq nisbatan past sur’atlarda. IHTT hisob-kitoblariga köra, mamlakat YaIM 2025 yilda taxminan 1 foizga oşgan. 2026 yilda ösiş 0,5 foiz, 2027 yilda esa 0,8 foiz bölişi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikriça, kelgusi ikki yilda jahon iqtisodiyotida ösiş saqlanib qoladi, biroq mamlakatlar örtasidagi sur’atlar sezilarli darajada farq qilişi mumkin.
2026–2027 yillarda eng tez ösadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) prognoziga köra, 2026–2027 yillarda ham Hindiston dunyodagi eng tez ösadigan yirik iqtisodiyot maqomini saqlab qoladi. Indoneziya ikkinçi, Xitoy esa uçinçi örinni egallaşi kutilmoqda.












