Jamiyat | 13:47 / 23.05.2017
4540
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston velosport federatsiyalari hamkorlik qiladi

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati qo‘shni Qozog‘iston Republikasiga xizmat tashrifini amalga oshirdi. 

Rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi o‘rinbosari Kozimxo‘ja O‘rinboyxo‘jayev, federatsiya ijrochi direktori Rustam Nuritdinov va Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyasi prezidenti Darxan Kaletayev, Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Tulpar Mansurov, Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyasi prezidenti o‘rinbosari Amanbek Kulchikovlar ishtirok etishdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyalarining ikki tomonlama manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Memorandumda Qozog‘iston Respublikasi velosportchilari hamda O‘zbekiston velosportchilari o‘rtasida ikki tomonlama o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, malaka oshirish, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rildi. Bundan tashqari O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasida mashg‘ulotlar o‘tkazish yuzasidan qarorlar tasdiqlandi.

Ushbu memorandum ikkala davlat prezidentlarining olib borayotgan hamkorlik siyosatining sport sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishdagi zaminidan dalolat beradi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid