Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada O‘zbekiston–Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
23 may Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2016–2017 yillar uchun mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida ikki tomon maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasiga vazir o‘rinbosari Igor Morgulov boshchilik qildi.
Uchrashuvda Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtayi nazaridan ShHT faoliyatining dolzarb jabhalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida Sammit kun tartibiga kiritilgan masalalar, jumladan, Hindiston va Pokistonning ShHTga to‘laqonli a'zo sifatida kirishi bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilindi.
Mavzuga oid
13:58 / 24.01.2025
O‘zbekiston - Slovakiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
14:54 / 21.11.2024
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
14:10 / 30.09.2024