Jahon | 19:02 / 24.05.2017
6498
2 daqiqa o‘qiladi

Pekin havosini tozalashda velosipedlardan foydalaniladi

Foto: hi-news.ru

Havo tozalovchi minora ixtiro qilib tillarga tushgan ixtirochi va dizayner Daan Rusegaard Pekindagi havo tozaligi uchun qayg‘urishda davom etmoqda.

Daanning vatani Niderlandiyada havoning ifloslangani masalasi kun tartibida bu qadar muhim bo‘lib turgani yo‘q, shu sababli u bor kuch-g‘ayratini zarur hududlarda ishlatishga qaror qilgan, Pekin esa havosi eng iflos shaharlardan biri sanaladi.

Biroq, tozalovchi minoralarni qayergadir joylashtirish kerak, buning uchun katta yer maydonlari talab etiladi, tig‘iz Pekinda buning iloji yo‘q. Shu sababli rassom inson nafas oladigan havoni tozalashning yangi usulini ixtiro qilib, filtrlarni yanada ixchamroq ko‘rinishga keltirdi, endi uni, masalan, velosipedlarga o‘rnatish mumkin.

Xitoyda velosiped ijarasi xizmati juda rivojlangan, mamlakatda bu ish bilan shug‘ullanuvchi o‘ttizdan ortiq yirik kompaniya bor. Ularning har biridagi velojamlanmalar soni yuz minglab velosipedlardan iborat. Xo‘sh, nega endi ularning kichikroq qismini tozalovchi qurilmalar bilan ta'minlamaslik kerak? 

Daan ixtiro qilgan havo tozalovchi minoralar havoga musbat ionlarni tarqatadi, u inson uchun zararli mitti va o‘ta zararli zarralarga yopishadi va minora ichiga so‘riladi. Bu texnologiyaga ko‘ra havoga tarqalgan, boshqa usul bilan yig‘ib bo‘lmaydigan kichik zarrachalar yig‘iladi. 

Dizaynerning qayd etishicha, Xitoy bilan ish boshlashiga sabab, bu mamlakatda hukumat velotransportning joriy etilishini tamoman qo‘llab-quvvatlab keladi, boz ustiga, Daaning jamoasi arboblar bilan ham tanishib olgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid