Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada tamagir elektromontyor qo‘lga olindi
Qobil Anorboyev va Damir Ulug‘ov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) qanday ishga qo‘l urayotganliklarini juda yaxshi bilishardi. Biroq ular “hammasi yaxshi bo‘ladi, hech kim bilmasa bo‘ldi” qabilida ish tutishdi. Ammo rejalari ular o‘ylagandek amalga oshmadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Q.Anorboyev Zangiota tuman elektr tarmoqlari korxonasida elektr-montyor bo‘lib ishlar, mazkur tuman hududidagi “Erkin” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholining elektr hisoblagichlarini tekshirib, turli nosozliklarni bartaraf qilib yurardi.
Ammo o‘z mansabidan qing‘ir ishlarni amalga oshirishda foydalandi-yu, o‘zining durustgina ishidan ajraldi. Mazkur hududda yashovchi Ikrom Nosirovning uyiga tashrif buyurganida, fuqaroning elektr tokidan noqonuniy foydalanayotganligining guvohi bo‘ldi. Aslida bu ish uning vazifasiga kirmasa-da, I.Nosirovga bu haqda dalolatnoma tuzishini aytib, qo‘rqita boshladi.
“Nima bo‘lsayam, peshonamdan ko‘rdim”, deya qo‘l siltagan xonadon sohibining gapidan keyin darhol o‘zini insofli qilib ko‘rsata boshladi. Agar dalolatnoma tuzadigan bo‘lsa, juda katta jarima to‘lashini aytib, shuning bir qismini bersa, ishi hal bo‘lishi haqida og‘iz ko‘pirtirdi. Uy egasi qancha berishim kerak, degandek unga yuzlanganda “1 mln. 300 ming so‘m bering, sizni hech kim bezovta qilmaydi”, degach, I.Nosirov rozi bo‘ldi va pulni 3-4 kundan so‘ng berishini aytdi.
Oradan belgilangan vaqt o‘tgach, Qobil tanish bu xonadonga o‘zining norasmiy yordamchisi D.Ulug‘ov bilan “tashrif” buyuradi. Qobil yordamchisi Damirni tuman elektr korxonasining rahbarlaridan biri deya tanishtirib, uni ham jinoyatga sherik qiladi. Kelishilgan pulni ololmagach esa, uy egasiga dag‘dag‘a qilishadi. Ertasi kuni pulni tayyorlab qo‘ymasa, dalolatnoma tuzishini aytib, xonadonni tark etishadi.
Ularning do‘q-po‘pisalari jonidan o‘tgan I.Nosirov elektr-montyorning noqonuniy talabi haqida SVOJJDLQK departamentining Zangiota tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qiladi. Nafs girdobiga g‘arq bo‘lgan ikki tamagir undan 1 mln. 300 ming so‘m pulni olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Q.Anorboyev hamda D.Ulug‘ov sodir etgan jinoyatlarini tan olishdi va ularga odil sud hukmi bilan qilmishlariga yarasha jazo tayinlandi.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026