Jahon | 07:52 / 25.05.2017
3216
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvador yangi prezidenti lavozimiga kirishdi

Foto: AP Photo / Dolores Ochoa

Ekvador yangi prezidenti 24 may kuni lavozimiga kirishar ekan, byudjyet mablag‘lari qattiq tejalishini e'lon qildi. 

"Saylovoldi kampaniyamda taklif qilganimdek, men hukumat doirasida mablag‘larni tejash to‘g‘risidagi farmonni imzolayman. Barcha xarajatlar, barcha investitsiyalar xolis fuqarolar zarurati filtridan o‘tadi", — degan Moreno o‘zining inauguratsiyasidan so‘ng. 

RIA Novostining xabar qilishicha, Moreno o‘z hukumatida vazirliklar soni qisqartirilishini e'lon qildi. Ularning soni 28tadan muvofiqlashtiruvchi vazirliklarni tugatish hisobiga 23taga kamaydi. Bunda kotibiyatlar soni 12tagacha oshiriladi. 

Moreno, shuningdek, uning mamlakati yagona to‘lov birligi sifatida Amerika dollaridan voz kechmasligini ma'lum qildi. Dollar 2000 yildan Ekvador valyutasi sifatida qabul qilingan. "Biz dollar bilan qolamiz va hech qanday parallel valyuta bo‘lmaydi", – degan u. 

Moreno sobiq davlat rahbari Rafael Korreaning safdoshi bo‘lgan va 2007-2013 yillarda vitse-prezident lavozimini egallagan. 64 yoshli Moreno 1998 yildan nogironlar aravachasiga mixlanib qolganiga qaramay shunday yuqori davlat lavozimini egallab kelgan. U  o‘g‘rilarning qilmishi sabab og‘ir jarohat olgandi. Moreno Ekvadorning birinchi imkoniyati cheklangan prezidenti bo‘ldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid